“Neftchi”: “So'g'diyona”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2016
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Oliy liga 5-doirasidagi “So'g'diyona”ga qarshi navbatdagi bellashuvga tayyorgarlikni boshladi.

“Andijon”ga qarshi o'yindan so'ng futbolchilarga bir kunlik dam berilgan edi. Bugun o'yinchilar “Neftchi” qarorgohida yana jam bo'lishdi va mashg'ulotga kirishishdi. Tajribali yarim himoyachi Baxtiyor Yoqubov ham jarohatidan to'liq forig' bo'lgan holda mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Iqtidorli futbolchi Damir Nizanov kuni kecha  operaciya qilindi. Yana bir futbolchi Abdurahmon Abdulqahov ham jarohat olgan. Hozircha ular ma'lum mudat maydonga tusha olishmaydi. Boshqa barcha futbolchilar mashg'ulotlarda to'liq qatnashishyapti.  

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” hamda “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi o'yin 16 aprel kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. Ma'lumot o'rnida, mazkur jamoalarning o'rinbosarlari tarkibi 15 aprel kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida o'zaro bellashadilar.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia