"Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2022
Yaypan shahrida katta futbol bayramlari davom etadi!

Joriy yilning 2 mart kuni "O'zbekiston" o'yingohida Coca-Cola Superliganing 1-turi doirasida Farg'onaning "Neftchi" va Qo'qon shahrining "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasida derbi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ayni kunlarda mazkur uchrashuvni juda ko'plab futbol muxlislari bevosita stadionning o'zidan kuzatib borish istagida ekanligini ma'lum qilishmoqda. Bizga yo'llanayotgan murojaatlarni inobatga olgan xolda bugundan "O'zbekiston" stadioni kassalarida "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqariladi.

Shoshiling va ulgurib qoling! Sizni katta futbol uchrashuvi kutmoqda!

Chiptalar savdosi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni +998902928515 yagona aloqa raqami orqali olishingiz mumkin bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати