"Neftchi" g'alaba qozondi, Bahodir Nasimov bir bo'lim o'ynadi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2014, 11:22
Ozarboyjon premer-ligasining 19-turida Bokuning "Neftchi" klubi o'z uyida "Simurg"ni qabul qildi.
O'yinda mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchishdi. Hamyurtimiz Bahodir Nasimov birinchi bo'limdan so'ng almashtirilgan. Aynan uning o'rniga maydonga tushgan Ernst Nfor dublga erishdi.

"Neftchi" 19ta o'yindan so'ng 37 ochko bilan musobaqaning 2-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 9 fevralda "Xazar Xenkoran"ga qarshi safarda o'tkazadi.

"Neftchi" - "Simurg" 3:0
Gollar
: Ernst Nfor 59, 85, Imamverdiev 70.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia