“Neftchi” futbolchilari normativ topshirdilar

Narzulla Saydullayev
18 fev 2018
Xabaringiz bor, O'FA tomonidan Superligada ishtirok etuvchi klublar oldiga bir qator talablar qo'yilgan.

Ushbu talablardan biri bundan buyon elitada ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'FA tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi. Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyaning Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Toshkentda yig'in o'tkazgan “Neftchi” jamoasi bugun erta tongda “NBU-Osiyo” stadionida ilmiy guruh vakili Shamil Iseev boshchiligidagi nazorat sinovidan o'tdilar. Jarayonni YU.Siyanov hamda A.Qoraboevlar ham kuzatib borishdi.

Futbolchilar quyidagi test-sinovlarini topshirishdi: 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash, 7x50  metrga yugurish,  “Yo-Yo” test sinovlari, to'pni belgilangan masofaga qo'lda va oyoqda etkazib berish (darvozabonlar uchun)

Ushbu testlarda jamoaning 21 nafar futbolchisi ishtirok etdi. Test jarayonlari “Neftchi”ning Toshkent yig'inini yakunlab berdi. Shundan so'ng jamoa vakillari Farg'onaga otlandilar.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz