"Neftchi" "Bunyodkor"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
24 fev 2023
Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkent shahrida o'tkazmoqda.

Bugun farg'onaliklar tayyorgarlik doirasida so'nggi nazorat bahsida ishtirok etdi.

Yopiq eshiklar ostida o'tgan uchrashuvdagi vodiy klubi Toshkentning "Bunyodkor" klubiga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi - 1:1.


"Neftchi" 1:1 "Bunyodkor" 

Toshkent shahri.

Gollar:  J. Hakimov 70 0:1, T. Tabatadze 85 1:1.

"Neftchi": Akbar To'raev, Zoir Jo'raboev, Aleksey Larin, Muhsin Ubaydullaev,  Umar Adhamzoda, Mirzohid G'ofurov, G'ulomhaydar G'ulomov,  Nurillo To'xtasinov, Diyor Turopov, Ulug'bek Hoshimov, Toma Tabatadze. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Vladimir Nazarov, Rahmonjon Ro'ziev, Andrey Mishenko,  Doniyor Valiev, Abbos G'ulomov, Abdulloh Olimov, Fozil Musaev,  Sunnatilla Abdullajonov, Yuriy Batyushin, Izzatilla Abdullaev, Murod Bobojonov.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" ФК матбуот хизмати