"Neftchi" bu yil mehmonda yutqazmayapti, oldinda "Paxtakor" imtihoni kutmoqda

Khoja
13 sen 2025
Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Superliganing 21-turida "Paxtakor" bilan kuch sinashadi.

Farg'onaliklar uchun bu joriy mavsum mehmondagi 11-to'qnashuv bo'ladi. E'tiborlisi shuki, jamoa ortda qolgan 10 ta safar o'yinida biror marotaba mag'lubiyatga uchragani yo'q, 5 g'alaba, 5 durang. "Neftchi" so'nggi bor 2024 yilgi mavsumning 12-turida Qarshida "Nasaf"ga imkoniyatni boy bergan edi. Umumiy hisoblasak, Levchenko shogirdlari ketma-ket 16 ta o'yindan buyon raqibi maydonidan kamida 1 ochko bilan qaytmoqda.

Bugun ushbu yoqimli anana davom etadimi?

13 sen 2025, 19:00
Pakhtakor — Neftchi
2 – 1
Tugadi


KhojaMuallif
Manba: championat.asia