"Neftchi" 2021 yil uchun texnik homiysini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2021
Ayni kunlarda Toshkent shahrida qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan "Neftchi" futbol klubining joriy yil Pro liga birinchiligida qaysi brend ostidagi liboslardan foydalanishi ma'lum bo'ldi.

O'tgan mavsumda "ADIDAS" brendi ostida harakatlangan jamoa a'zolari,bu yil mashhur sport anjomlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo'lgan "JAKO" firmasi bilan shartnoma imzoladi va ushbu brend ostidagi liboslardan foydalanadigan bo'ldi.

"Neftchi" poytaxtdagi yig'indan qaytgach, yangi liboslar taqdimoti futbolchilarning tanishtiruv marosimida tantanali ravishda topshirilishi ko'zda tutilgan.

Biz esa o'z navbatida "Neftchi" PFKning yangi futbol mavsumida "JAKO" firmasininig brendi ostidagi ishtiroki omadli bo'lishiga umid bog'lagan holda jamoaga ulkan zafarlar tilab qolamiz.


"Neftchi" FK matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia