

Namanganda "Navbahor" - "Neftchi" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Kurashlarga boy o'tgan o'yinda omad farg'onaliklarga kulib boqdi (0:1). Shu tariqa "Neftchi" 14 yildan so'ng "lochinlar" maydonidan g'alaba bilan qaytdi. Jamoa so'nggi marotaba 2011 yil bu vazifani uddasidan chiqqan edi.
"Neftchi" navbatdagi uchrashuvini 21 avgust kuni "Mashal"ga qarshi o'tkazadi.



