Nedved "Yuventus"ning Depayni rad etishini tasdiqladi: "Biz Milikni tanladik va unga ishonamiz"

Alisher
26 avg 2022, 16:04
"Yuventus" vice-prezidenti Pavel Nedved Memfis Depayning jamoada bo'lmasligini xabar qildi.

"Depay qiziqishlarimiz ro'yxatida edi, ammo Milikni tanladik. Unda bizga mos sifatlar borligiga ishonamiz va undan gollar kutamiz.

Biz unga va u bilan barchasi yaxshi bo'lishiga ishonamiz", – deydi Nedved.

Arkadiush Milik "Yuventus"ga "Marsel"dan ijara asosida o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato