Nedved: "Krishtianu "Yuventus"da qoladi. U shunchaki mavsum boshida yaxshi formada emas"

Aslanov Jasurbek
22 avg 2021
"Yuventus" vice-prezidenti Pavel Nedved "Udineze"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda hujumchi Krishtianu Ronaldu yo'qligiga izoh berdi.

Avvalroq portugaliyalik futbolchi "Yuve"ni tark etmoqchi va uni dastlabki daqiqalardan tarkibga kiritmaslikni so'raganligi haqida ma'lumot berilgandi.

"U tarkibda bo'lmaganida sensaciya yaratmaslik kerak. Bu qaror futbolchi bilan birgalikda qabul qilingan. Shubhasiz, mavsum boshida u yaxshi formada emas.

Murabbiy hozirda mukammal boshlang'ich tarkibdan foydalanmoqchi. Masalan, Jorjo Kellini bugun ham zaxirada qoldi.

Ushbu mavsumda Ronaldu "Yuventus"da qolishini to'liq ishonch bilan tasdiqlay olaman", - dedi Nedved.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia