Neboysya Yovovich: "Qarshidan OCHL guruh bosqichiga beriladigan yo'llanma bilan qaytmoqchimiz" FOTO

30 yanv 2018, 10:58
Kecha "Al Faysali" Qarshiga juda kech kelgani sababli mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazilmagandi.

Ammo "CA" sayti muxbirlari Toshkentdagi aeroportdayoq "Al Faysali" bosh murabbiyi Neboysya Yovevichning fikrlarini olishga muvaffaq bo'lishgandi.

"Al Faysali" bosh murabbiyidan aeroportda olingan intervyu

Hozir Qarshi shahridagi "Markaziy" stadion matbuot anjumanlari zalida "Al Faysali" bosh murabbiyi Neboysya Yovevich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda jamoa bosh murabbiyi hamda futbolchilar Halil Beniatiya va Yusuf Roajdi ishtirok etishdi. Qisqa davom etgan matbuot anjumanida Neboysya Yovovich o'yin oldi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalambor shuni aytib o'tmoqchimanki, bazi bir muammolarga qaramasdan Qarshiga yetib keldik. Iordaniyada turgan muxlislarimiz uchun bugun jamoamizning eng yaxshi o'yinlaridan birini ko'rsatishga harakat qilamiz. Iordaniyaga OCHL guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan holda qaytishni rejalashtirganmiz.

Tarkibdagi bazi futbolchilarda jarohat mavjud. Lekin shunga qaramasdan tarkibdagi mavjud futbolchilardan to'liq foydalanishga va biz uchun kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. Penaltilar seriyasi? Biz uchrashuv davomida har qanday ssenariyga shay holatda tayyorgarlikka egamiz. Pley-off o'yini bo'lgani uchun barcha jihatlarni inobatga olganmiz, - dedi "Al Faysali" bosh murabbiyi Neboysya Yovovich.


Yusuf Roajdi: - Qarshiga g'alaba uchun kelganmiz. Muxlislarimiz bizdan ajoyib o'yinni kutishmoqda. Biz esa ularga g'alaba va guruh bosichiga yo'llanmani taqdim etmoqchimiz. "Nasaf"ga qarshi bahsda maxsus rejamiz bor.


Halil Baniatiya: - Iordaniya shanini himoya qilishimizni unutmagan holda o'ynaymiz. Shu boisdan ham faqat va faqat g'alaba uchun kurashamiz. Shuningdek, bizni iliq kutib olishgani uchun "Nasaf"ga tashakkur bildiramiz.



Manba: championat.asia