

Kecha oliy liganing yana bir vakili Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan “bankchilar” bugun tiklanish mashqlarini bajarishdi. Mashg'ulotda asosan jismoniy holatga e'tibor qaratildi. Futbolchilar ko'proq yuklamalar bilan ishlashdi. “Bankchilar” ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'rish maqsadida deyarli kun ora oliy liga jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishmoqda.




