"Navbahor"ni ikki futbolchi tark etdi

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025, 15:17
Iminjonov va Jo'raboev namanganliklar safidan ketdi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

"Navro'zbek Iminjonov (suratda) va Asadbek Jo'raboev "Navbahor" bilan xayrlashdi", – deyiladi xabarda.

Ma'lumot o'rnida, 21 yoshli Iminjonov yakunlangan mavsum "lochinlar" tarkibida 13 o'yinda maydonga tushdi. Uning tendoshi Jo'raboev esa 11 o'yinda qatnashib, 1 ta golga assistentlik qildi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia