"Navbahor" "Zenit"da o'ynagan futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2019
Namanganning “Navbahor” klubi rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov bilan 1+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Mazkur futbolchi “lochinlar”ning Turkiyaning Antaliya shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etib, jamoa murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirdi.        

Ivan Solovyov 1993 yilning 29 martida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Dinamo” (Moskva), “Zenit” (Sankt-Peterburg), “Amkar” (Perm), “Fakel” (Voronej), “Dinamo” (Sankt - Peterburg) va Finlyandiyaning “Laxti” (Laxti) klublarida o'ynagan. O'tgan mavsumni Rossiyaning “Sochi” jamoasi tarkibida o'tkazgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати