"Navbahor" to'rt nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2021
Yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'yayotgan “Navbahor” tarkibiga bugun 4 nafar yangi futbolchi qo'shildi.

Bular – o'tgan mavsumni AGMK safida o'tkazgan yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov, o'tgan mavsumni “Qo'qon - 1912” tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev, shuningdek, serbiyalik futbolchilar - himoyachi Nikola Tasich hamda yarim himoyachi Marko Putinkanin.

Shuningdek, tajribali darvozabon O'tkir Yusupov jamoa bilan tuzilgan shartnomasini muddatini uzaytirdi. Endi u yangi mavsumda ham “lochinlar” sharafini himoya qiladi.

Biz ushbu futbolchilarning yangi mavsumda chiroyli o'yinlari va gollari bilan “Navbahor”ning g'alabalariga munosib ulush qo'shishlarini tilab qolamiz", - deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia