

Tajribali futbolchi Sardor Rashidov ikkinchi davradan boshlab "lochinlar" libosida to'p tepadi. Tomonlar kelishuv erishishgan. Faqat rasmiyatchilik ishlari qolgan, xolos. Yaqin soatlarda u bilan 1,5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Sardor Rashidovning so'nggi jamoasi BAAning "Dubay Siti" klubi bo'lgan edi. "Navbahor" uning faoliyatidagi 11 jamoa bo'ladi.



