"Navbahor" safiga "Rubin"dan futbolchi kelishi mumkin

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2013, 17:49
Namanganning "Navbahor" klubi 20 iyuldan Toshkentda shug'ullanadi.
Poytaxt yig'ini doirasida uchta nazorat o'yini o'tkaziladi.

Yangiliklardan biri sifatida Qozonning "Rubin" klubi a'zosi Ayubxon Gapparov ikkinchi davrani "Navbahor"da o'tkazishi mumkinligini aytish mumkin, bu haqda “Navbahor” klubi rasmiy tvitteri xabar berdi. Futbolchi o'tgan mavsum Toshkentning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilib so'ngra Rossiyaning "Nefteximik" klubida ijarada o'ynagandi.

Tvittyerdagi xabarga ko'ra jamoaning Toshkentdagi yig'inida tarkibga yangi o'yinchilarni qo'shilishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia