

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Navbahor" vakillari "Qizilqum" klubining 5-6 nafar asosiy futbolchilari bilan aloqaga chiqqan va ularni Namanganga kelishga ko'ndirmoqchi bo'lgan. Biroq futbolchilarning "Qizilqum" klubi bilan amaldagi shartnomasi bor.
Navoiy klubi murabbiylar shtabi bu narsa reglamentga to'g'ri kelmasligini, shartnomasi bor futbolchini transfer qilmoqchi bo'lsa avval klubni ogohlantirish kerakligini eslatib o'tdi.



