"Navbahor" o'rtoqlik uchrashuvida "Rubin"ga oltita gol urdi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2021
Toshkentda yig'inni davom ettirayotgan "Navbahor" jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Birinchi liga vakili bo'lgan Toshkentning "Rubin" klubi bilan kechgan o'yinda No'mon Hasanov shogirdlari katta tashabbusga ega bo'lishdi va buni hisobda ham aks ettirishdi. Murabbiylar shtabi ilk daqiqalardan aralash tarkibni sinovdan o'tkazish bilan bir qatorda yangi fubolchilarga ham imkoniyat berildi. O'yin davomida har tomonlama raqibidan ustun kelgan "lochinlar" oltita gol farqi bilan g'alabani tantana qilishdi. Gollarga esa Sherzod G'ulomjonov, Aziz Turg'unboev (dubl), Azim Ahmedov (penalti), Zabixillo O'rinboev, Mirzohid G'ofurovlar mualliflik qildi. Birinchi bo'lim avvalida "Rubin" futbolchisi penaltini golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo'limda esa qator vaziyatlardan foydalanishda futbolchilarga aniqlik yetishmadi. 

O'rtoqlik uchrashuvi

"Navbahor" - "Rubin" 6:0

Gollar: Sherzod G'ulomjonov, Aziz Turg'unboev (dubl), Azim Ahmedov, Mirzohid G'ofurov, Zabixillo O'rinboev

"Navbahor": Islom Abdullaxonov, Shahzod Hamidov, Mirzohid Mirzamahmudov, Xushnud Avilov, Igor Golban, Mirzohid G'ofurov, Ulug'bek Aknazarov, Sherzod G'ulomjonov, Ivan Solovyov, Aziz Turg'unboev, Shohruh Mahmudxojiev

Zaxira: O'tkir Yusupov, Abbos G'ulomov, Azim Ahmedov, Quvondiq Ro'ziev, Zabixillo O'rinboev, Marko Putinkanin, Nikola Tasich, Bahrom Abduraximov, Sardor Telyakov, Islom Isoqjonov

Birozdan so'ng Shohruh Mahmudxojiev va Ivan Solovyov bilan uyushtirilgan kichik intervyuni e'tiboringizga havola etamiz. Bizni kuzatishda davom eting!


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia