"Navbahor" - "Nasaf". Uchrashuvdan oldin Iskandar Hamroqulov va boshqalar xizmatda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2018
Xabaringiz bor, 7 aprel kuni “Navbahor” Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi.

2018 yildan e'tiboran har bir uchrashuvni katta bayram tantanalariga aylantirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirilmoqda.

"Navbahor" klubi rahbariyati bu safar ham ishqibozlarga xush kayfiyat taqdim etish maqsadida, o'yindan oldin koncert dasturini uyushtirishga qaror qildi.

Demak, “Navbahor” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan oldin xalqimiz ardog'idagi sanatkorlar  - Iskandar Hamroqulov, Rashodbek A'zamov, Shahlo Mahmudova va Namangan viloyatining taniqli estrada xonandalari muxlislar xizmatida bo'lishadi.

Sanatkorlarning chiqishlaridan so'ng soat 20.00da Superliga 5-turidan o'rin olgan o'yindan oldin boshlanadi. Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Chiptalar, stadion kassalarida va shahardagi yirik bozorlarda tashkil etilgan ko'chma do'konlarda sotilmoqda.

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати