"Navbahor" ikki nafar yosh futbolchi bilan shartnoma imzolandi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2020
Namanganning “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov o'z e'tiborini ko'proq iqtidorli va mahoratli yosh futbolchilarga qaratmoqda.

Buning samarasi o'laroq, bugun kelajagi porloq ikki nafar futbolchi “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.

Ulardan biri Shahzod Hamidov 1998 yilning 3 iyulida Namangan viloyatining Uchqo'rg'on tumanida tug'ilgan. Namangan shahridagi 15-sonli futbol maktab-internatini tamomlagan. 2017 yildan buyon “Navbahor”ning o'rinbosarlar (2019 yildan boshlab, “Navbahor” U-21 yoshlar) jamoasi tarkibida o'ynaydi. Ampluasi – himoyachi.




Ikkinchi iqtidor egasi Husayn Ergashboev esa 2000 yilning 21 avgustida Namangan viloyatining Namangan tumanida tavallud topgan. Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan. 2018 yildan buyon Navbahor”ning o'rinbosarlar (2019 yildan boshlab, “Navbahor” U-21 yoshlar) jamoasi tarkibida to'p tepadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz