

"Navbahor" klubi himoyachisi Milosh Milovich Chernogoriya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Bu haqda Namangan klubi matbuot xizmati xabar berdi. Milovich o'z terma jamoasi bilan Evro – 2024 saralashida qatnashadi. Chernogoriyaning raqiblari Vengriya va Chexiya milliy terma jamoalari bo'ladi.



