Eshitdik-da! "Navbahor" futbolchilari ham 3 oydan beri maosh olishmayapti

Tolibjon Qosimov
5 noya 2024, 15:16
Superligamizning yana bir klubida maoshlar bilan bog'liq muammo yuzaga keldi.

"Championat.asia"ga yetib kelgan ma'lumotga ko'ra, Namanganning "Navbahor" klubi futbolchilari avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun maosh olishmagan. Bundan tashqari, ularga 4ta o'yindagi g'alaba uchun mukofot pullari ham hali berilmagan.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Navbahor" Superligada 36 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda va "lochinlar" sovrinli o'rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.


"Olimpik" futbolchilari 3 oydan beri maosh olishmayapti


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia