"Navbahor" - "Dinamo" uchrashuvining boshlanish vaqtlari ma'lum

Futbolchilarimiz chempionatning navbatdagi turida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qilishadi.
Ayni paytda jamoamiz a'zolari navbatdagi mashg'ulotni yakunlashmoqda. Bu orada “Navbahor” va “Dinamo” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv vaqti tasdiqlandi. “Dinamo” bilan o'tadigan o'yin 25 aprel kuni soat 17.30 da boshlanadigan bo'ldi.

Bir kun oldin To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” o'yingohida bo'lib o'tadigan yoshlar jamoalari o'rtasidagi uchrashuv esa 16.00da boshlanadi.

Manba: pfcnavbahor.uz