"Navbahor" da yana qarzdorlik bilan muammo paydo bo'ldi. Endi O'runov, jamoaning yordamchi murabbiyi O'FAga murojaat qilgan

Khoja
7 yanv 2024
Biroz avval “Navbahor” jamoasi sobiq ikki futbolchi oldidagi qarzdorlikni bartaraf etgani haqida xabar bergandik.

Biroq bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, jamoaning sobiq futbolchisi Oston O'runov va “lochinlar”ning yordamchi murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy O'FA qarzdorlik bo'yicha murojaat qilishgan.

Shuningdek, klub futzal, ayollar, farm jamoasidan ham ma'lum miqdorda qarzdor. Bundan tashqari jamoaning PFLdan ham qarzi bor.

Agar klub yaqin orada ushbu muammolarni hal qilmasa, yana yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia