"Navbahor" bosh murabbiyi: "Siti" 50 yilda ham MYUning sovrinlariga eta olmaydi"

Aslanov Jasurbek
24 apr 2019
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, ayni damda "Navbahorni" boshqarayotgan Andrey Kanchelskis "qizil iblislar" va "Manchester Siti" o'rtasida o'tkaziladigan bahs haqida fikr bildirdi.

"Yunayted"ning ko'plab muxlislari raqib sifatida "Liverpul"ni "Siti"dan ustun qo'yadi. Ishqibozlar "Siti" chempion bo'lishiga qarshi emas. Biroq bu "qizil iblislar" muxlislarini xursand qilmaydi.

"Liverpul" 18 marta chempionat g'olibi bo'lgan, "Siti" esa 50 yilda ham MYUning sovrinlariga eta olmaydi. Bundan kelib chiqadigan bo'lsak, "Manchester Siti" chempion bo'lgani yaxshi. "Liverpul" yaqinlashib olishini esa "Yunayted" muxlislari xohlashmaydi.

Bugun derbida "Yunayted" mag'lub bo'lsa, jamoa muxlislari asabiylashmasa kerak. Derbi bu derbi. Bu bahsdandan so'ng yana 3ta o'yin bor, ushbu uchrashuv chempionlik masalasini hal qilmaydi" - deydi Kanchelskis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 360 TV