

Tursunboev toshkentliklar safida mashg'ulotlarda ishtirok etayotganda “Obod” Akmalga ko'p muddatlik shartnoma taklif qilgandi, biroq bunday taklifga posbon rozilik bildirmadi va jamoani tark etgandi.
Shundan so'ng, futbolchi “Navbahor” safiga qo'shilgandi. Darvozabon “lochinlar” bilan bir necha o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etdi. Lekin “Navbahor” posbonga javob berib yubordi. Ayni damda Akmal Tursunboev erkin agent hisoblanadi va o'zi uchun mos jamoa izlamoqda.




