

Championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'zievning xabar berishicha, "Navbahor" 22 yoshli futbolchining transfer huquqini 250 mln so'mga sotib olgan. Shartnomada oxirgi muddat sifatida o'tgan yilning 1 oktyabr sanasi ko'rsatilgan bo'lsa ham, to'lov haligacha amalga oshirilgani yo'q.

Shuningdek, "lochinlar" rahbariyati Aleksandr Kasyanning ijarasi uchun AGMK oldida paydo bo'lgan majburiyatini (200 mln so'm) ham hozircha bajarmagan.



