"Nasonal" va Rashidov Portugaliya premer-ligasida jon saqlay oladimi?

Nadirkhuja Yuldashev
21 apr 2019
Portugaliyaning "Nasonal" jamoasi bilan 2.5 yillik bitimga imzo chekkan hamyurtimiz Sardor Rashidovning yangi klubidagi ishi bir tekisda kyetmadi.

"Benfika"ga qarshi Portugaliyadagi debyut o'yini o'tkazgan futbolchimiz, jamoasi safida faoliyatidagi eng alamli mag'lubiyatiga uchragan edi, 10:0. Aksincha, "Feyrensi" jamoasiga qarshi kechgan o'yinda o'z benifisini nishonladi, xet-trik.


Afsuski jamoaning omadi keyingi turlarda yurishmay qoldi. Aksiga olib 18ta jamoa ishtirok etayotgan musobaqaning 17-pog'onasidan o'rin olgan "Shavish" jamoasi nisbatan yaxshi o'ynay boshladi. Ayni paytga kelib Portugaliya premer-ligasining 30-tur o'yinlari yakuniga yetib bo'ldi. Unda "Nasonal" 27 ochko bilan 17-pog'onasidan joy olib turibdi. "Shavish" hisobida 28 ochko. 


Portugaliya premer ligasi jadvali


28 aprel kuni aynan quyi ligaga tushib ketmaslik uchun "final" o'yini bo'lib o'tadi. Sardor Rashidov jamoasi bilan "Shavish" mehmoni bo'ladi. Shu o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritadi. "Nasonal" g'alaba qozongan taqdirda ham premer-ligasida qoldi degan xulosa chiqarib bo'lmaydi. "Shavish"dan farqli ravishda keyingi 3 turda ular 1, 6 va 7-o'rinlarda turgan klublarga qarshi bahs olib boradilar. "Shavish" esa o'z saviyasidagilar bilan, 13,15 va 18-pog'onalarda ketayotgan jamoalarga qarshi oltin ochkolar uchun maydonga chiqadi. "Nasonal" stadionida bo'lib o'tgan birinchi davra uchrashuvida 2:0 hisobida mezbonlar g'alaba qozongan edilar.


"Shavish" va "Nasonal" jamoalarining keyingi o'yinlarining taqvimi:


"Shavish" - "Nasonal" (17)

"Feyrensi" (18) - "Nasonal"

"Shavish" - "Setubal" (13)

"Tondela" (15) - "Shavish"


"Shavish" (16) - "Nasonal"

"Gimaraesh" (6) - "Nasonal"

"Nasonal" - "Portu" (1)

"Belenensesh" (7) - "Nasonal"



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia