Nasimov “Ansan Grinrers” safidagi birinchi rasmiy o'yindayoq gol urdi

Janubiy Koreyaning “Ansan Griners” tarkibida harakat qilayotgan hamyurtimiz Bahodir Nasimov J.Koreya chempionati 1-ligasida ilk golini urdi.

Kecha Janubiya Koreya chempionati 1-ligasi bahslariga start berildi. Ushbu chempionatda “Ansan Griners” jamoasi 1-turda “Dejon Sitizen” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. “Ansan Griners” tarkibida harakat qilayotgan hamyurtimiz jamoasining chempionatdagi ilk goliga mualliflik qildi. Uchrashuvda “Ansan Griners” klubi raqiblari ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.




Manba: championat.asia