"Nasaf"ning ikki asosiy futbolchisiga "Lokomotiv" va "Metallurg" qiziqmoqda

Qarshining "Nasaf" jamoasi futbolchilari Islom Kenjaboev va Bobir Abdixoliqovning xizmatlariga Superliganing ko'plab jamoalari qiziqish bildirishgan.

Joriy yil "Nasaf" bilan shartnomasi tugayotgan Islom Kenjaboev va Bobir Abdixoliqov oldida Superliganing ko'plab jamoalari tomonidan takliflar bo'lmoqda.

Ayni paytdagi ma'lumotlarga ko'ra, bu ikki futbolchining xizmatlariga Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi murabbiyi Temur Kapadze hamda Bekobodning "Metallurg" klublari qiziqish bildirishmoqda. Har ikkala tomonlar og'zaki muzokaralarni o'tkazishgan. Biroq hozircha Kenjaboev va Abdixoliqov keyingi faoliyatlarini qayerda davom ettirish bo'yicha yakuniy qarorga kelishgani yo'q.

Ko'p narsa mavsum yakunlanganidan keyin ma'lum bo'lishi kutilmoqda. "Lokomotiv" va "Metallurg"dan tashqari Superliganing boshqa jamoalari ham bu ikki futbolchining xizmatlariga befarq emas.

Shuningdek, "Nasaf" klubi ham Kenjaboev hamda Abdixoliqovni jamoada olib qolishga urinmoqda va ularga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozircha muzokaralar davom etmoqda.

Ma'lumot uchun: Bobir Abdixoliqov joriy mavsumda Superligada 24 o'yinda 17ta gol urdi. Islom Kenjaboev esa 25 uchrashuvda 5ta golga mualliflik qildi va o'z hisobiga ikkita assist yozib qo'ydi.


Manba: championat.asia