

"Ayni paytda mamlakatimizdagi eng barqaror klub "Nasaf"da ham moddiy taraflama muammolar paydo bo'lgan. Klubning futbolchilardan 8ta mukofot puli va ko'tarma pullaridan qarzdorligi bor", - dedi "Futbol sharhi" ko'rsatuvi boshlovchisi Zafar Imomxo'jaev.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yaqinda klubda moliyaviy muammolar paydo bo'lganini va klubning futbolchilardan qarzdorligi mavjudligini ta'kidlab o'tgandi.



