Elit OCHLga qur'a tashlandi: "Nasaf" "Al Ittihod" bilan safarda o'ynaydi, "Traktor" va "Al Hilol"ni Qarshida mehmon qiladi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2025
Kuala-Lumpurda Elit OCHL liga bosqichiga qur'a tashlash marosimi tashkil etilmoqda.

Liga bosqichida 24 ta jamoa (12 ta Sharq, 12 ta G'arb mintaqasida) ishtirok etadi. Ularning qatorida O'zbekistonning amaldagi chempioni "Nasaf" klubi ham mavjud.

Musobaqa 15 sentyabrda start oladi va keyingi yilning 25 aprelga qadar davom etadi. 

G'arb mintaqasi

"Al Sadd" (Qatar)

"Shabab Al Ahli" (BAA)

"Traktor" (Eron)

"Nasaf" (O'zbekiston)

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)

"Al Shorta" (Iroq)

"Al Duhayl" (Qatar)

"Al Garafa" (Qatar)

"Sharja" (BAA)

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"Al Vahda" (BAA)

"Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni)

"Nasaf" uyida qabul qiladigan jamoalar: "Traktor", "Al Shorta", "Al Hilol" va "Al Vahda".

"Nasaf" safar uyushtiradigan jamoalar: "Shabab Al Ahli", "Al Ahli", "Sharja", "Al Ittihod".


Sharq mintaqasi

"Shanxay Port" (Xitoy)

"Ulsan" (Koreya)

"Buriram Yunayted" (Tailand)

"Melburn Siti" (Avstraliya)

"Vissel Kobe" (Yaponiya)

"Johor Darul" (Malayziya)

"Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya)

"Seul" (Koreya)

"Machida Zelviya" (Yaponiya)

"Kanvon" (Koreya)

"Shanxay Shenxua" (Xitoy)

"Chendu Cyanbao" (Xitoy)


Avvalroq "Andijon" OCHL 2dagi raqablarini bilib olgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia