"Nasaf" va "Bunyodkor" ishtirokidagi o'yinlarni qaysi xorijiy kanallar namoyish etadi?

Narzulla Saydullayev
7 fev 2017
Bugun OCHL-2017 saralashi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.

"Nasaf" Saudiya Arabistonida "Al Fateh" mehmoni bo'ladi, "Bunyodkor" esa Qatarda "Al Jayish" bilan o'ynaydi.

"Nasaf" ishtirokidagi o'yinni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da SPORT telekanali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etsa, 22:20dan boshlab "Bunyodkor" ishtirokidagi bahs yozib olingan holda namoyish etiladi.

Xorijdagi muxlislarimiz bu o'yinlarni quyidagi kanallar orqali tomosha qilishlari mumkin bo'ladi:

"Al Fateh" - "Nasaf" (20:00 Toshkent vaqti)
beIN SPORTS 9 HD
Alkass Eight HD

"Al Jayish" - "Bunyodkor" (20:15 Toshkent vaqti)

beIN SPORTS 1 HD
Alkass Six HD


Bundan tashqari bugun o'zbekistonlik Odil Ahmedov o'ynayotgan "Shanxay SIPG" klubi o'z uyida Tailandning "Sukxotai" klubiga qarshi o'ynaydi. Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadigan mazkur uchrashuvni O'zbekistondagilar SPORT TV, xorijdagilar beIN SPORTS 2 HD kanali orqali tomosha qilish mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia