

Ushbu musobaqada “Nasaf” futbol maktabining 2007 yilda tug'ilgan, Zafar Ochilov qo'l ostidagi tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoamiz ishtirok etishdi.
Futbol musobaqasi festival tarzida o'tkazildi, jamoamiz musoabqada ikkita g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etishdi. Shuningdek bitta o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazishdi. Bu o'rtoqlik uchrashuvida tarbiyalanuvchilarimiz yirik hisobda zafar quchishdi.
Musobaqa yakuniga etkach, tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga kubok, diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.



