"Nasaf": Shuhrat Muhammadievni baxt oqshomi bilan tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
31 okt 2016
Bugun “Nasaf” jamoasining mohir himoyachisi Shuhrat Muhammadievning nikoh to'yi kuni.

Shuhratjon bugun oilalik bo'ladi – baxt oqshomini nishonlaydi.
 
Shu munosabat bilan, yosh kelin-kuyovlarga avvalo mustahkam sog'lik baxt tilaymiz!  Qurayotgan oilangiz mamlaktimizning eng mustahkam va namunali oilalaridan biri bo'lsin!
 
Niyatimiz, shirin farzandlarni dunyoga keltirib, ikkala yosh chiroyli va baxtli hayot kechirishsin!
 
Shuhratjon, baxt va omad hamisha hamrohingiz bo'lsin!
 
“Nasaf” PFK jamoasi 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz