"Nasaf" o'rtoqlik uchrashuvida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi. Kenjaboev yashil maydonga qaytdi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2024, 07:41
FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus chog'ida "So'g'diyona" va "Nasaf" klublari o'zroa o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

Jizzaxda kechgan bahsda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Mavsum boshini jarohat tufayli o'tkazib yuborgan Islom Kenjaboev nihoyat yashil maydonga qaytdi va gol ham urishga erishdi.


"So'g'diyona" - "Nasaf" 1:3
Gollar:
Shohruh Abdurahmonov - Islom Kenjaboev, Zoran Marushich, Viktor Da Silva.

 

Foto: "Nasaf" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia