“Nasaf” OCHL-2018 akkreditatsiya hujjatlarini faqat elektron shaklda qabul qiladi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2018
“Nasaf” OAV vakillarini 2018 yilgi OCHL musobaqasi uchun akkreditatsiya jarayonini boshlaydi.

O'zingizga ma'lum, "Nasaf" 30 yanvar kuni o'z maydonida OCHL-2018 pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvni Iordaniyaning “Al Faysali” klubiga qarshi o'tkazadi. O'yin soat 16:00da boshlanadi.

“Ajdarlar”ning pley-off uchrashuvida o'yindan oldingi va o'yindan keyingi matbuot anjumanlarida qatnashish, ishlash uchun qulay bo'lgan media tribunadan foydalanish, jurnalistlar uchun barcha qulay sharoitlarga ega bo'lgan matbuot markazidan foydalanish, har ikkala jamoa futbolchilari bilan suhbatlashish uchun ajratilgan mikst – zonadan foydalanish, maydon chetida turib o'yin jarayonini foto tasvirga olish uchun beradigan ruxsatnoma kartochkalarni olish uchun arizalar 27 yanvar kunigacha qabul qilinadi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari, “Nasaf” PFKga o'z tashkilotlari rahbarlari nomidan rasmiy xat, 3X4 hajmdagi fotosurat va pasport nusxalarini faqat elektron shaklda jo'natishlari so'raladi.

Ushbu hujjatlar klubning  nasaf.media@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: +998909982880.

Akkreditatsiyadan o'tkazilgan OAV vakilarriga tayyor akkreditatsiya kartochkalari 28-29 yanvar kunlari “Markaziy” stadionda tarqatiladi.
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz