

O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini saralashning 3-turi doirasida 10 oktyabr kuni o'z maydonida Yamanga qarshi o'tkazadi.
Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlarni bevosita stadiondan yoritib borish istagidagi OAV vakillari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma'lum qilamiz.
Barcha turdagi OAV vakillari 30 sentyabrga qadar info@ufa.uz elektron pochtasiga quyidagi zarur hujjatlarni yuborishlari mumkin bo'ladi.
*Tashkilot rahbari nomidan xat
* Akkreditatsiya turi (press, foto)
* 3x4 rasm
*Aloqa uchun telefon raqami



