"Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvidan Shahboz Beg'amov matnli onlayn translyatsiya uyushtiradi

O'zbekiston Kubogi yarim final doirasidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" o'yini saytimiz orqali matnli onlayn translyatsiya qilinadi.


"Championat.asia" xodimi Shahboz Beg'amov uchrashuvdan reportaj uyushtirish maqsadida Qarshi shahriga yo'l olgan.

Saytimizning maxsus bo'limi orqali o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.


Eslatib o'tamiz, Qarshidagi mazkur bellashuv soat 19:30da boshlanadi.


Manba: championat.asia