"Nasaf" ikkinchi darvada barcha uy uchrashuvlarini to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qiladi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2017, 15:28
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda Shveytsariyaning “Empower Sports” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish borasida shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.

Kelishuvga ko'ra, ikkinchi davradan boshlab O'zbekiston chempionati Oliy Liga uchrashuvlarining to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyalari “Empower Sports” kompaniyasiga tegishli Mycujoo.tv saytida, Oliy Liga klublari rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida bir paytning o'zida translyatsiya qilinadi.

Shu munosabat bilan 23–24 iyul kunlari Toshkentdagi Raddison Blu Hotel mehmonxonasida Oliy Liga ishtirokchi jamoalari vakillari uchun maxsus seminar-ustaxona tashkil etildi. Seminar “Empower Sports” kompaniyasi vakillari Diego  Kompaire va Daniel Portabella tomonidan olib borildi.

Unda Shveytsariya kompaniyasining maxsus internet-platformasi bo'lgan Mycujoo.tv saytida futbol o'yinlarini qay tariqa jonli efirga uzatish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Ushbu seminarda ikki nafar xodimimiz Turob Haydarov va Erkin Komilovlar ham ishtirok etishdi. Ikkinchi davradan boshlab, "Nasaf" jamoamiz ishtirokidagi uy uchrashuvlarining videotranslyatsiyalari “Empower Sports” kompaniyasiga tegishli Mycujoo.tv saytida va klubimizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilinadi. Ushbu translyatsiyalarni tashkil etishda xodimlarimiz kerakli bilimlarga ega bo'lishdi va ular orqali klubimizga zarur jihozlar taqdim etildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz