“Nasaf” futbol maktabida futbol bayrami tashkil etildi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2016
Bugun 1 iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Nasaf” PFK rahbariyati tashabbusiga ko'ra, futbol maktabida bolalar uchun futbol bayrami tashkil etildi.

Ushbu futbol bayramida viloyatimizdan va qo'shni viloyatdan 2004, 2005, 2006 va 2007 yilda tug'ilgan bolalardan tuzilgan jami 36ta jamoa ishtirok etdi.
 
Bunday bayramni tashkil etishdan asosiy maqsad bolalar uchun xursandchilik ulashish bo'lsa, yana bir maqsad ushbu bolalardan futbol maktabiga iqtidorli bolalarni tanlab olishdir. Bu bayram keyingi yillarda “Nasaf” PFKda ananaga aylanib qoldi.
 
Bolalar uchun tashkil etilgan futbol bayramini tantanali ochilishida “Nasaf” PFK rahbariyati, viloyat futbol faxriylari va boshqa rasmiy kishilar  hozir bo'lishdi.
 
Futbol maktabiga tashrif buyurgan jamoalar o'rtasida musobaqa start oldi. Bu futbol bayramiga maktabimiz ixtiyoridag barcha futbol maydonlari xizmat ko'rsatdi. Uchrashuvlarni viloyatimizda faoliyat  yuritayotgan hakamlar boshqarib borishdi.
 
Uchrashuvlarni tashkil etish va o'tkazishda “Nasaf” futbol maktabi direktori va murabbiylari bosh qosh bo'lishdi.
 
Qiziqarli va hayajonlarga boy o'tgan musobaqada o'rinlar quyidagicha taqsimlandi.
2004 yilda tug'ilganlar guruhi bo'yicha
1-o'rin. “Nasaf” FM Qarshi filiali
2-o'rin. “Nasaf-2006” jamoasi
 
2005 yilda tug'ilganlar guruhi bo'yicha
1-o'rin. “Nasaf” FM Jarqo'rg'on filiali
2-o'rin. “Nasaf” FM Beshkent filiali
 
2006 yilda tug'ilganlar guruhi bo'yicha
1-o'rin. Qamashi BO'SM tarbiyalanuvchilari
2-o'rin. “Nasaf-2008” jamoasi
 
2007 yilda tug'ilganlar guruhi bo'yicha
1-o'rin. “Nasaf” FM Koson filiali
2-o'rin. “Nasaf-2008” jamoasi
 
Musobaqa yakunida g'oliblarga kubok va diplomlar  hamda sovg'alar topshirildi. Futbol bayramida qatnashgan barcha bolalar tadbirni yaxshi kayfiyat bilan tark etishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz