“Nasaf” bir yo'la ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Khoja
5 yanv 2024
“Nasaf” futbol klubi ikki tajribali yarim himoyachi Suhrob Nurulloev va Javohir Sidiqov bilan shartnomalar uzaytirdi.

Har ikki yarim himoyachining shartnomasi kelasi yilning oxiriga qadar mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Siddiqov o'tgan mavsum Superliga bahslarida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Nurulloev esa 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, xuddi shunday ko'rsatkichni qayd etgan.


KhojaMuallif
Manba: t.me/fcnasaf