“Napoli” yana bir bor Leandro Damianni qo'lga kiritishga urinib ko'radi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2013
Qishki transferlar oynasi paytida “Napoli” yana bir bor “Internasional” hujumchisi Leandro Damianni qo'lga kiritishga urinib ko'radi, deb xabar beradi "Calcio Line".

Neapolitanliklar klubi sport direktori Rikkardo Bigonning so'zlariga ko'ra, klub 24 yoshli braziliyalik futbolchini ushbu yozda qo'lga kiritishga harakat qilib ko'rgan, biroq “Internasional” Leandroni sotmasligini aytib o'tgan edi. Endi bo'lsa braziliyaliklar moliyaviy tomondan ularni qoniqtiradigan narxga futbolchini sotish niyatida ekanliklarini bildirishgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net