"Napoli" o'z maydonida "Milan"ni mag'lub etib, ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2026, 01:50
Italiya Seriya Asining 31-turi doirasida Neapoldagi "Diego Armando Maradona" stadionida markaziy bahs bo'lib o'tdi.

Unda "Napoli" va "Milan" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv neapolitanliklarning 1:0 hisobidagi kichik g'alabasi bilan yakunlandi. Bahsni Daniele Doveri boshqarib bordi.

O'yin taqdirini hal qilgan yagona gol 79-daqiqada kiritildi. Matteo Politano raqib darvozasini ishg'ol qilib, maydon egalariga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

A Seriya, 31-tur

“Napoli” - “Milan” 1:0

Gol: Politano 79.

Ushbu g'alabadan so'ng "Napoli" o'z ochkolarini 65 taga etkazib, turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 63 ochkoga ega "Milan" esa uchinchi pog'onaga tushdi.



Navbatdagi bahslar:

"Napoli" 12 aprel kuni safarda "Parma" mehmoni bo'ladi. "Milan" esa 11 aprel kuni "Udineze"ni qabul qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia