"Napoli" Osimxen boshqa klubga qo'yib yuborishlarini so'raganini ma'lum qildi

Alisher
11 avg 2024
"Napoli" sport direktori Jovanni Manna neapolliklar forvardi Viktor Osimen klubdan boshqa jamoaga o'tishni so'raganini aytib berdi.

"Osimxen boshqa klubga qo'yib yuborishni so'radi. U ketishni xohlamoqda. Vaziyat ayon, o'tgan yozdayoq uning ketishiga imkoniyat bor edi. Viktor ketmoqchi. Yaqin 20 kundagi voqealar rivojini ko'ramiz", - dedi Manna.

25 yoshli nigeriyalik 2020 yildan beri "Napoli"da o'ynyadi. U jamoa safida 133ta o'yinda maydonga tushib, 76ta gol va 18ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano