"Napoli" "Manchester Yunayted" futbolchisining transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2022
"Napoli" o'z rasmiy saytida "Manchester Yunayted"ning 24 yoshli himoyachisi Aksel Tuanzebening transferini e'lon qildi.

Unga ko'ra, futbolchi mavsumning qolgan qismini ijara asosida Neapolda o'tkazadigan bo'ldi. "Napoli" ijara uchun "Yunayted"ga 600 ming evro to'laydi. Shuningdek, yana 600 ming evro bonuslar tarzida vada qilingan.

Ushbu mavsumda Tuanzebe "Aston Villa" tarkibida ijarada o'ynayotgandi. U jamoa tarkibida 11 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal