"Napoli" hujumchisi "Yuventus"ga o'tishga tayyor

Mirjalol Normatov
19 apr 2020
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik "Yuventus"ga o'tishni istamoqda.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "Yuventus" ham ayni damda polshalik hujumchining transferiga qiziqib qolgan, biroq tomonlar hali muzokaralar olib borgani yo'q. Uning xizmatlariga "Milan" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.

Ushbu mavsumda 26 yoshli Milik "Napoli" tarkibida 22 o'yinda 12 gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport