"Napoli" "Ayaks" sardorini sotib oladi

Aslanov Jasurbek
20 may 2016, 10:57
"Napoli" "Ayaks" sardori Davi Klassenni xarid qilishga yaqin turibdi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu kelishuv 10 kun ichida amalga oshadi. Transfer 18 mln. evroga baholanmoqda. Futbolchiga bog'liq bonuslarning umumiy narxi 7 mln. evroni tashkil qilishi mumkin. Klassenga "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

Klassen joriy mavsumda "Ayaks" safida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 10 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia