

"Napoli" "Udineze"ga qarshi o'yinda (1:1) durang qayd etib, muddatidan avval skudettoni qo'lga kiritdi.
22 yil ichida birinchi marta Italiya chempioni Milan yoki Turindan bo'lmagan klub bo'ldi.
Bu vaqt ichida faqat "Yuventus", "Inter" va "Milan" Skudetto sohibiga aylanib kelayotgandi. Bungacha Italiya chempioni 2001 yilda "Roma" bo'lgandi.



